Yangiliklar

SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonning uchta shahriga reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga
SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonning uchta shahriga reyslarni yo‘lga qo‘yadi / Foto: SCAT

Qozog‘istonning «SCAT» aviakompaniyasi Turkistonning Hazrat Sulton xalqaro aeroportidan O‘zbekistonning Urganch, Buxoro va Samarqand shaharlariga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports ma’lum qildi.

Turkiston – Urganch yo‘nalishi 1-dekabrdan boshlab dushanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Shu tariqa sayyohlar va ishbilarmonlar uchun qulay va muntazam transport imkoniyati yaratiladi.

Turkiston – Buxoro yo‘nalishi 2-dekabrdan boshlab haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Turkiston – Samarqand yo‘nalishida esa parvozlar 3-dekabrdan boshlanadi. Yo‘lovchilar haftaning chorshanba, juma va yakshanba kunlari uchishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Toshkentdan Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.