Yangiliklar

Prezident Samarqandda xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida ishtirok etadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari tashrif davomida xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida qatnashib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, prezident viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, hududdagi sanoat korxonalari va ijtimoiy sohaning rivojlanish jarayonlarini ko‘zdan kechirish rejalashtirilgan.

Tashrifning asosiy maqsadlaridan biri sifatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Denov va Chiroqchi tumani hokimlari ishdan olingani haqida xabar bergan edi.