
Turkiya Superligasining «Istanbul Bashakshehir» va «Trabzonspor» o‘rtasidagi uchrashuvi mavsumning eng dramatik bahslaridan biriga aylanib, mehmonlarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning katta qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazgan mezbonlar 76-daqiqagacha hisobda oldinda borayotgan edi, biroq so‘nggi daqiqalardagi dramatik o‘zgarishlar natijani mehmonlar foydasiga hal qildi. Uchrashuv syujeti keskin burilishlarga boy bo‘ldi.

10-daqiqada kamchilikda qolgan «Bashakshehir» Devi Zelkening penaltidan urgan goli (22-daqiqa) evaziga hisobni ochdi. 37-daqiqada Filippe Augusto muvozanatni tiklagan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lim yakunida (45-daqiqa) Eldor Shomurodov mavsumdagi to‘qqizinchi golini kiritib, jamoasini tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqdi (2:1).
Ikkinchi bo‘limning so‘nggi qismi o‘yin taqdirini butunlay o‘zgartirib yubordi. 76-daqiqada «Trabzonspor» hujumchisi Pol Onuachu penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi (2:2). Oradan bor-yo‘g‘i bir daqiqa o‘tib, 77-daqiqada Ernest Muchi mehmonlarning uchinchi golini kiritdi.
Biroq hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Bertug Yildirim gol kiritib hisobni 3:3 ko‘rinishiga keltirdi. 90+11-daqiqada esa Ernest Muchi o‘yindagi yakuny hisobni o‘rnatdi. Uning dubli 3:4 hisobidagi g’alabani taminladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shomurodov to‘purarlar poygasiga qo‘shilgani haqida xabar bergan edi.