Surxondaryo va Farg‘onada yer maydoni bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo va Farg‘onada yer maydoni bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida yer maydoni bilan bog‘liq bir qator firibgarliklar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departament va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida fuqaro Jarqo‘rg‘on tumani «Guliston» MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 70 sotix yer maydonini boshqa fuqaroga 170 mln so‘mga sotishga kelishib, hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, pulni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, departamentning Farg‘ona viloyati Rishton tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro 15 sotix sug‘oriladigan yer maydonining toifasini $22,5 ming evaziga o‘zgartirishni va’da qilib, $12 mingni olgan paytda qo‘lga olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura departamenti tomonidan Namanganda 1,4 milliard so‘mlik qalbaki dori vositalari musodara qilingan edi.

Shuningdek