Toshkent shahridagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun komissiya tuzildi

Shavkat Mirziyoyev «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha toʻxtatib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Farmon asosida, poytaxtda ekologik vaziyatni yaxshilash uchun kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi maxsus komissiya ishga tushdi.
Ma’lumot uchun, Toshkent vaqti bilan soat 09:00 holatiga xalqaro havo sifati indeksi (IQAir) belgilangan e’lon qilingan navbatdagi reytingda poytaxt havosining ifloslanish darajasi bo’yicha dunyoning eng iflos 10 shahri ro’yxatida 7-o‘rinni egalladi. Havo sifati indeksi 188 birlikni tashkil etib, «juda zararli» taʼrifiga kirgan.
Shuningdek, Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan dolzarb chora-tadbirlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Mirziyoyeva ekspert xulosalariga tayangan holda ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslantiruvchi obyektlar faoliyatini cheklash, qurilish talablari va standartlarini qat’iylashtirish, shaharni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish hamda havo sifatini zamonaviy usullar orqali muntazam nazorat qilishga doir kompleks takliflarni ilgari surdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxtda havo sifatini yaxshilash uchun yo‘llarga suv sepilayotgani haqida yozgandi.