Toshkentda changlanishni kamaytirish uchun namlik purkovchi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda — video

eʼlon qilindi
Sinov Olmazor tumanidagi Taxtapul massivida joylashgan 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi hududida o‘tkaziladi
Foto: Videodan ekran tasviri

Toshkent shahrida changlanishni kamaytirish uchun namlikni purkovchi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu innovatsion texnologiya poytaxt sharoitiga moslashtirilmoqda. Qurilma chang konsentratsiyasini kamaytirish, havodagi zarrachalarni yuvish va ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.

Video: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Sinov Olmazor tumanidagi Taxtapul massivida joylashgan 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi hududida o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha cheklovlar bekor qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek