
Toshkent shahrida changlanishni kamaytirish uchun namlikni purkovchi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu innovatsion texnologiya poytaxt sharoitiga moslashtirilmoqda. Qurilma chang konsentratsiyasini kamaytirish, havodagi zarrachalarni yuvish va ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.
Sinov Olmazor tumanidagi Taxtapul massivida joylashgan 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi hududida o‘tkaziladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda daraxtlarni sug‘orish bo‘yicha cheklovlar bekor qilingani haqida yozgan edi.