1-dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan muhim yangiliklarni bir joyga jamladi
1-dekabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgaradi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

1-dekabrdan O‘zbekistonda yangi tartiblar kuchga kiradi. Kursiv Uzbekistan bu sanadan boshlab amal qiladigan yangiliklarni bir joyga to‘pladi.

Bojxona tizimida «Tolling operatsiyalari» moduli joriy etiladi

Moliyaviy hisob tizimi xalqaro standartlarga o‘tkaziladi
Foto: Mapquest

Shu yilning 1-dekabridan bojxona hududida yoki hududidan tashqarida qayta ishlash rejimlarida bojxona yuk deklaratsiyasini soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish imkonini beruvchi «Tolling operatsiyalari» moduli joriy etiladi.

Atrof-muhit monitoringiga oid ochiq ma’lumotlar bazasi ishga tushadi

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza etishda hamkorlik qiladi
Foto: depositphotos

O‘zbekiston Orxus konvensiyasiga qo‘shilganligi munosabati bilan 2025-yil 1-dekabrdan boshlab atrof-muhit monitoringiga oid ochiq ma’lumotlar bazasi jamoatchilikka taqdim etiladi. Bu bazada daraxt ekish, chiqindilarni qayta ishlash, qonun buzilish holatlari va boshqa muhim ekologik ma’lumotlar joylashtiriladi.

Ma’lumot uchun, may oyida Shavkat Mirziyoyev tomonidan «2030-yilgacha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi» tasdiqlangandi.

Unga ko‘ra, hujjatda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3,3 mln nafar tarbiyalanuvchi, umumiy o‘rta ta’limda esa 4,2 mln o‘quvchiga ekologik tarbiya berish asosiy maqsad qilib belgilangan.

1-dekabrdan O‘zbekistonda AI-80 benzini sotuvi to‘xtatiladi

Foto: Getty Images

O‘zbekistonda 2025-yil 1-dekabrdan AI-80 benzini savdosi to‘xtatiladi. Prezidentning 18-noyabr kuni qabul qilgan qaroriga ko‘ra, ekologik toza yonilg‘iga o‘tish va havoning sifatini yaxshilash maqsadida bu turdagi benzin AYoQShlarda endi realizatsiya qilinmaydi.

Jarayonning bajarilishi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Ekologiya qo‘mitasi tomonidan kuzatiladi. Bajarilishi belgilangan ekologik chora-tadbirlar doirasida poytaxtda yuk tashuvchi avtomobillar harakati tig‘iz vaqtlarda cheklanadi.

Nikohdan oldingi tibbiy ko‘rik talabi bekor qilinadi

Qozog‘istonda majburiy nikoh uchun o‘n yilgacha qamoq jazosi belgilandi
Foto: Facebook

1-dekabrdan nikohni rasmiylashtirishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDYO) tomonidan nikohlanayotgan shaxslardan tibbiy ko‘rik natijalarini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. 

Shuningdek, sud qarori asosida nikohdan ajratilganda, ajrim qayd etilishi uchun sud qarorini FHDY organlariga topshirish talabi ham tugatiladi.

Avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazishda esa guvohnomada mulkdorning manzilini ko‘rsatish majburiyati bekor qilinadi.

Tadbirkorlarga qo‘shimcha kafolat va kafilliklar beriladi

2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar firma nomiga ega bo‘lishiga ruxsat beriladi
Foto: ijtimoiy tarmoq

2025-yil 1-dekabrdan tadbirkorlarga qo‘shimcha kafolat va kafilliklar berilishi belgilandi. Yirik loyihalar uchun 10 mlrd so‘mgacha, ayrim hollarda undan ortiq miqdorda kafolatlar taqdim etiladi. Yaxshi kredit tarixiga ega tadbirkorlarga esa mavjud limit 1,5 baravargacha oshiriladi.

Iste’molchi, tadbirkor, NNT va davlat organlari hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: ochiq manbalardan

1-dekabrdan boshlab «iste’molchi – tadbirkor – nodavlat notijorat tashkilotlar – davlat organlari» o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yuvchi yangi raqamli tizim joriy etiladi.

Zilzila kuchini ko‘rsatadigan akselerogrammadan foydalaniladi

Zilzila
Foto: Ochiq manba

2025-yil 1-dekabrdan loyihalash jarayonida hududlarning zilzila kuchini ko‘rsatadigan akselerogramma bazalari qo‘llaniladi. Shuningdek, bir xil loyiha seriyasiga bir marta to‘lov asosida xulosa beriladi, shu turdagi qolgan loyihalar uchun alohida to‘lov olinmaydi.

Turizm xodimlari malakasi oshiriladi

Foto: Unsplash

Shu yilning 1-dekabridan boshlab turizm sohasi xodimlari shartnoma asosida qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi. Har yili Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo davlatlarning 100 nafar iqtidorli mutaxassisi uchun Akademiya dasturlarida tahsil olish bo‘yicha maxsus grantlar ajratilishi ham belgilangan.

1-dekabrdan nimalar tugaydi

2025-yil 1-dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

1-dekabrgacha barcha hududlarda sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Ularni milliy va xalqaro test sinovlariga tayyorlash uchun malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi barcha sanoat korxonalariga 2025-yil 1-dekabrgacha atmosfera havosiga chiqariladigan zararli moddalarni ikki baravar kamaytirish topshirig‘ini berdi. 

Korxonalar avtomatik monitoring stansiyalarini o‘rnatishi, chang-gaz va suv tozalash uskunalarini modernizatsiya qilishi, shuningdek, sanitar himoya zonalarini kuzatuv postlari bilan jihozlashi shart. Majburiyatni bajarmaganlar uchun kompensatsiya to‘lovlari besh baravarga oshiriladi va faoliyatiga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy choralar qo‘llanilishi mumkin.

Shuningdek