«Chelsi» o‘z maydonida «Barselona» ustidan g‘alaba qozondi

26-noyabr 2025 02:53 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Estevao Villian / Foto: chelseafc.com

UEFA Chempionlar Ligasining 5-turi doirasida Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuvda «Chelsi» «Barselona»ni mag‘lub etdi. Mezbonlar qiyin kechgan bahsda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida «Barselona» himoyachisi Kunde kutilmaganda to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi va bu avtogol «Chelsi»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi taymning 55-daqiqasida Estivao raqib himoyachilarini ortda qoldirib Joan Garsiya qo‘riqlayotgan darvozaga ikkinchi to‘pni kiritdi. 73-daqiqada Delap hisobni 3:0 ko’rinishiga olib keldi.

Foto: UEFA

Kataloniyaliklar uchun vaziyat birinchi bo‘lim so‘nggida yanada og‘irlashdi. 44-daqiqada himoyachi Ronald Arauxo hakam tomonidan ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi. Natijada mehmonlar o‘yinning katta qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba orqali «Chelsi» o‘zaro o‘yinlardagi ustunligini mustahkamladi. Statistikaga ko‘ra, londonliklar 6 marotaba kataloniyaliklardan ustun kelgan. «Barselona» 3 marta zafar quchgan bo‘lsa, 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Belgiyada «Barselona» muxlislari avtobusi yonib ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek