Ford Ranger va Everest modellarini yangiladi

26-noyabr 2025 11:38 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Ford Ranger va Everest modellarini yangiladi / Foto: Ford

Ford kompaniyasi Avstraliya bozorida yangilangan Ranger pikapi va Everest krossoverini taqdim etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.

Yangilangan modellar tashqi ko‘rinishda o‘zgarishlar ko‘p emas. Asosiy e’tibor standart jihozlarni kengaytirish va dvigatel qatorini yangilashga qaratilgan. Ranger Wolftrak versiyasi cheklangan seriya sifatida Traction Green yangi rang va 17 dyuymli qora disklarga ega bo‘ldi. Ba’zi to‘plamlarda qora detallari, yangi rang variantlari va zamonaviy g‘ildirak dizayni mavjud.

Foto: Ford

Bazaviy Ranger XL endi 12 dyuymli media-ekran, iqlim nazorati va haydovchi yordamchilari to‘plami bilan jihozlangan. XLT to‘plamida mustahkamlangan suspenziya, XLS to‘plamida esa qadamlar, gilamlar va off-road shinalari bilan yangi g‘ildiraklar mavjud. Wildtrak versiyasi matritsali faralar va Bang & Olufsen premium audio tizimi bilan boyitilgan. Platinum yuqori to‘plami esa Acacia Green yangi rangida taqdim etiladi. Raptor versiyasida o‘zgarish yo‘q.

Foto: Ford

Texnik o‘zgarishlardan asosiy biri ekologik standartlarning kuchayishi sababli 2,0 litrli biturbodiesel dvigateldan voz kechishdir. Endi bazaviy versiyada 2,0 litrli turbodiesel (bir turbina) 170 ot kuchiga ega. Qimmatroq versiyalarda esa 3,0 litrli turbo V6 250 ot kuchi bilan taqdim etiladi. Har ikkala dvigatel 10 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Raptor esa 3,0 litrli biturbo V6 392 ot kuchi bilan saqlanib qolgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ranger 2026 va Everest 2026 modellari uchun buyurtmalar 2025-yil dekabrdan qabul qilinadi, yetkazib berish 2026-yil o‘rtalarida boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yangi Ford Bronco Sport elektr va gibrid versiyada taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek