
Honor kompaniyasi Xitoy bozorida yangi aqlli soati Honor Watch X5’ni taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.



Soat 1,97 dyuymli AMOLED displeyga ega bo‘lib, ramka kengligi 1,8 mm va ekran o‘lchami 390 x 450 pikselni tashkil qiladi. Yangilanish chastotasi 60 Hz bo‘lib, Lift to Wake va Always On Display funksiyalari qo‘llab-quvvatlanadi. Korpus alyuminiy qotishmasidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, unda uzoq va qisqa bosiladigan hamda aylanma tarzda harakatlanidan ko‘p funksiyali tugma mavjud.

Honor Watch X5 120 sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi va GPS moduliga ega (BeiDou, GPS, GLONASS, GALILEO, QZSS). Soat suv va changdan himoyalangan (5ATM, IP68). Fitness funksiyalari sun’iy intellekt asosida vazn kamaytirish rejasi, shaxsiy mashqlar va cho‘zish bo‘yicha tavsiyalar hamda real vaqtda ovozli ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.



Soat Bluetooth va NFC bilan ishlaydi, shuningdek, dinamik va mikrofon bilan jihozlangan. Standart rejimda akkumulyator 14 kun ishlash muddatini ta’minlaydi. Watch X5 soatining narxi $63 ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 500 Pro xususiyatlari haqida yozgan edik.