Huawei to‘rtta SIM kartali Mate 80RS Master modelini taqdim etdi

26-noyabr 2025 10:33 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Huawei to‘rtta SIM kartali Mate 80RS Master modelini taqdim etdi / Foto: Huawei

Huawei Mate 80 seriyasini, jumladan, seriyaning eng yuqori o‘rinda turuvchi Mate 80 RS Master modelini taqdim etdi. Bu haqda Mydrivers nashri ma’lum qildi.

Foto: Mydrivers

Unga ko‘ra, Mate 80 RS Master modeli ikki nano-SIM kartali va ikkita eSIM-ni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa to‘rtta telefon raqamini ishlatish imkonini beradi. Shulardan ikki raqamni bir vaqtning o‘zida faollashtirish mumkin. Seriyaning boshqa uch modeli esa faqat ikki nano-SIM karta ko‘taradi.

Foto: Huawei

Haqqoniy testlardan olingan skrinshotlarga qaraganda, Mate 80 seriyasining signal panelida 5A logotipi ko‘rinadi. Bu seriyaning 5G-Advanced yoki 5.5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashini bildiradi. Bu modelga yuqori tezlikka ega takomillashtirilgan 5G versiyasi o‘rnatilganini anglatadi.

Foto: Mydrivers

Asosiy xususiyatlari bo‘yicha Mate 80 RS Master Mate 80 Pro Max modeliga o‘xshash, ammo orqa panel dizayni va xotira hajmi bilan farq qiladi.

Ma’lumot uchun, modelning Xitoyda 20 GB RAM va 512 GB xotiraga ega versiyasi $1700, 20 GB RAM va 1 TB xotiraga ega versiyasi esa $1830 narxida sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya MatePad Edge gibrid planshetlarini taqdim etgan edi.

Shuningdek