Husanov harakat qilgan o‘yinda «Bayer» «Manchester Siti»ni mag‘lub etdi

26-noyabr 2025 03:15 eʼlon qilindi

(26-noyabr 2025 12:33 yangilandi)
Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: UEFA

UEFA Chempionlar ligasining 5-turi doirasida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Bayer Leverkuzen»ni qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda harakat qildi.

Uchrashuv davomida «shaharliklar» katta ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay, hisobni mehmonlar ochdi. O‘yinning 23-daqiqasida Aleks Grimaldo aniq zarba bilan «Bayer»ni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida Patrik Shik hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirib, jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.

Foto: UEFA

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov 65 daqiqa davomida himoyada ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Murabbiylar shtabi bahsning so‘nggi qismida hujumkorlikni oshirish maqsadida uning o‘rniga Rayan Sherkini maydonga tushirdi. Ushbu mag‘lubiyat natijasida «Manchester Siti» muhim ochkolarni yo‘qotgan bo‘lsa, «Bayer» safarda qimmatli yutuqni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Chelsi» o‘z maydonida «Barselona» ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek