Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogi g‘olibi bo‘ldi — video

26-noyabr 2025 16:53 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: FIDE

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov shaxmat bo‘yicha Jahon Kubogi finalida g‘alaba qozonib, musobaqa chempioniga aylandi.

Hal qiluvchi bahsda Sindarov jahon reytingida yuqori o‘rinlardan birini egallab turgan Xitoy vakili Vey Yini tay-brekda dog‘da qoldirdi. Chempionlik uchun kechgan kurash murosasiz o‘tdi. Asosiy partiyalarda tomonlarning kuchlari teng kelgach, g‘olib nomi tay-brek (qo‘shimcha qisqa vaqtli partiyalar) orqali aniqlandi.

Qo‘shimcha bo‘limning birinchi partiyasida grossmeysterlar durangga imzo chekishdi. Ikkinchi hal qiluvchi bahsda esa Javohir Sindarov taktik yurishlari evaziga nomdor raqibini taslim etdi.

Javohir Sindarov shaxmat tarixidagi eng yosh grossmeysterlardan biri hisoblanadi. U ushbu unvonni 12 yoshida qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, sportchi 2022-yili Chennayda (Hindiston) bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi safida Olimpiada chempioni bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov Titled Tuesday turniri g‘olibiga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek