Ko‘chmas mulkka garov huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish narxi ikki baravarga kamayadi

eʼlon qilindi
Shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha bojxona imtiyozlari normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi
Toshkentdagi eng arzon uylar qaysi hududlarda
Foto: ijtimoiy tarmoq

Adliya vazirligi ishlab chiqqan «tartibga solish gilotinasi» tamoyili asosida amalda ahamiyatini yo‘qotgan 800 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatlar bekor qilinadi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanalida e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tartibga solishni soddalashtirishga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • tadbirkorlar uchun moliyaviy operatsiyalarni «E-aktiv» tizimida aks ettirish majburiyati bekor qilinadi;
  • ko‘chmas mulkka garov huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati narxi ikki baravar kamaytiriladi;
  • shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan tovarlar bo‘yicha bojxona imtiyozlari normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslarga yer uchastkasiga oid huquqni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan rasmiylashtira olmagan taqdirda, muqobil hujjatlar asosida soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2026-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar firma nomiga ega bo‘lishiga ruxsat berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek