Banklardagi muammoli kreditlar miqdori 1,1 trln so‘mga oshdi

eʼlon qilindi
NPL
Umumiy miqdori 22,4 trln so‘mga yetgan
NPL
Foto: DmitriySk / depositphotos.com

1-noyabr holatiga ko‘ra, banklardagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy miqdori 22,4 trln so‘mga yetgan. Bu ko‘rsatkich 1-oktabr bilan solishtirilganda 5,16 foizga, ya’ni 1,1 trln so‘mga oshgan. Oktabr oyida bu ko‘rsatkich 21,3 trln so‘mni tashkil etgandi.

Jami kreditlardagi NPL ulushi ham 3,8 foizga oshdi. Oktabr oyida bu ko‘rsatkich 3,7 foizni tashkil qilgan. 1-noyabr holatiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli 592,9 trln so‘mni tashkil etgan. Oktabr oyiga nisbatan 10,6 trln so‘mga oshgan.

Davlat banklarida

Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami miqdori 15,8 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan. Bu iyun oyiga nisbatan 0,8 foizga yuqorilagan.

Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank sifatida noyabr oyida ham «O‘zmilliybank» 4,4 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Bankning jami kreditlardagi NPL ulushi ham 3,3 foizdan 4,2 foizga oshgan.

Shuningdek, «Agrobank»da 2,9 trln so‘m (NPL 3,6%), «O‘zsanoatqurilishbank»da 2,2 trln so‘m (3,3%), «Asaka bank»da 1,9 trln so‘m (4,7%) va Xalq bankida 1,1 trln so‘mga (3,5%) yetgan.

Xususiy banklarda

Xususiy banklarda kredit portfeli 3,7 trln so‘mga oshib, 191 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, NPL miqdori esa 6,5 trln so‘mga pasaygan. Kredit portfelidagi umumiy ulush 3,4 foizga kamaygan.

Muammoli kreditlar ko‘rsatkichi yuqori banklar qatorida «Ipoteka-bank» 2,2 trln so‘m (portfeldagi ulushi 6,3%) so‘m bilan yetakchi o‘rinda turibdi.

Xususiy banklarda kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori banklar esa quyidagilar:

  • «Poytaxt bank» – 19,5% (muammoli kreditlar 58 mlrd so‘m);
  • «Garant bank» – 9,6% (126 mlrd so‘m);
  • «AVO bank» – 8,9% (66 mlrd so‘m).

Ma’lumot uchun, muammoli kredit (NPL) deb to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlarga aytiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan banklarda muammoli kreditlarni kamaytirishga qaratilgan qonun ma’qullangani haqida yozgandi.

Shuningdek