Fan

O‘zbekistonda O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etiladi

26-noyabr 2025 17:18 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda yangi O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etilmoqda. Bu haqda prezident qarori e’lon qilindi.

Ta’lim maskani O‘zbekiston qonunchiligi hamda Fransiya universitetlari konsorsiumi tavsiyalari asosida faoliyat yuritadi.

Yangi universitetda dastlab magistratura yo‘nalishlari ochiladi. Keyinchalik bosqichma-bosqich bakalavriat va doktorantura dasturlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, abituriyentlar uchun tayyorlov kurslari tashkil etiladi.

Ta’lim maqsadli davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bitiruvchilar universitet diplomi bilan birga, konsorsium tarkibidagi Fransiya oliygohlaridan birining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan diplomiga ham ega bo‘lishi mumkin. Ushbu diplomlar O‘zbekiston hududida to‘liq tan olinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochilgani haqida yozgandi.

Shuningdek