
GMArena nashri Poco F8 Ultra va F8 Pro smartfonlarining rasmlari e’lon qildi. Ushbu seriya 27-noyabr kuni taqdim etilishi kerak edi.
Suratlarda Poco F8 Ultra ko‘k rangda, Poco F8 Pro esa kumush rangda chiqqan.
Poco F8 Ultra orqa paneli g‘ayrioddiy fakturaga ega. Korpusning orqa qismida Bose brendi tushirilgan dinamik joylashgan.

Poco F8 Pro ko‘rinishda sodda, ammo unda ham Bose audiosistemi bor. Rasmiy xususiyatlar hali to‘liq ochiqlanmagan. GSMArena ma’lumotiga ko‘ra, Poco F8 Pro Snapdragon 8 Elite’da ishlaydi. Poco F8 Ultra esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori va VisionBoost D8 chipiga ega. Bu chip o‘yinlarda va boshqa sahnalarda tasvir detallarini yaxshilaydi.

Batareya quvvati ham farq qiladi. Poco F8 Pro 6210 mA/soat, Poco F8 Ultra 6500 mA/soat batareyaga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi Poco F8 va F8 Ultra kuchli batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.