
Toshkent shahrida Raqobat qo‘mitasi binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. E-auksion portalidagi ma’lumotga ko‘ra, auksion 18-dekabr soat 10:00 da boshlanadi.
Obyektning boshlang‘ich narxi 58,6 mlrd so‘m etib belgilangan. Tovon puli 1,75 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Savdo oshirib borish usulida o‘tkaziladi va birinchi qadam bahosi 2,93 mlrd so‘m qilib belgilangan.
Bino Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, O‘rda «MFY», Labzak ko‘chasida joylashgan. Obyekt bo‘lib-bo‘lib to‘lash (muddatli to‘lov) sharti bilan xarid qilinishi mumkin. Savdoda ishtirok etish uchun elektron arizalar 18-dekabr kuni soat 09:00 gacha qabul qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri birja orqali sotilgan mobil raqamlar soni 47 foizga oshgani haqida yozgan edi.