Avto

Scout Motors avtomobillari yakuniy dizayni taqdim etildi

Kompaniya vitse-prezidenti Kodi Takerning aytishicha, loyiha seriyali avtomobil bosqichiga juda yaqinlashgan
Foto: Carcoops

Yangi taqdim etilgan Scout Motors avtomobillari yakuniy dizayni taqdim etildi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Kompaniya vitse-prezidenti Kodi Takerning aytishicha, loyiha seriyali avtomobil bosqichiga juda yaqinlashgan. Bir nechta prototiplar turli qit’alarda sinovdan o‘tkazilgan. Shveysiyadagi sovuq iqlim sinovlari yakunlandi, endi navbatda yangi past harorat testlari bor.

Foto: Carcoops

Bosh dizayner Kris Benjamin prototip va seriyali model o‘rtasidagi asosiy farqni tushuntirdi. Ammo bunday yechim katta xarajat talab qilgani uchun seriyali versiyada oddiy, lekin aniq ishlangan dekor paneli qo‘llaniladi.

Scout avtomobillarni ikki turda taklif qiladi. To‘liq elektr versiya va ketma-ket (seriyniy) gibrid. Dastlab bozorda gibrid modellar paydo bo‘ladi. Bu strategiya talabga qarab ishlab chiqarishni moslashtirish imkonini beradi.

Foto: Carcoops

Oldindan yig‘ish ishlari 2026-yil oxirida boshlanadi. Birinchi mijozlarga yetkazib berish esa 2027-yilga rejalangan. Modellar Volkswagen va Rivian hamkorligida yaratilgan platformaga quriladi. Batareyalarni VW Group tarkibidagi PowerCo yetkazib beradi.

Boshlang‘ich narx $60 mingdan oshmaydi. Scout Motors yaqin kunlarda qo‘shimcha tafsilotlarni e’lon qilishi kutilmoqda.

Foto: Carcoops

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri BYD Atto 8 gibrid modeli taqdim etilgani haqida yozgan edi.