Urgut – Samarqand yo‘nalishida har kunlik poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi — jadval

eʼlon qilindi
Shu yilning 27-noyabridan boshlab
Foto: «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ

Shu yilning 27-noyabridan Urgut – Samarqand yo‘nalishida 6202/6201 va 6204/6203-sonli shaharlararo poyezdlarining har kunlik qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’lum qildi.

Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Poyezd №Jo‘nashJartepaYetib borish
6202Urgut — 06:3006:45 – 06:47Samarqand — 07:34
6204Urgut — 16:5917:14 – 17:16Samarqand — 18:03
Poyezd №Jo‘nashJartepaYetib borish
6201Samarqand — 08:4709:34 – 09:36Urgut — 09:51
6203Samarqand — 19:2720:14 – 20:16Urgut — 20:31

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqand – Urgut yangi temir yo‘l liniyasini to‘liq elektrlashtirish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.

Ma’lumot uchun, 55 kilometr uzunlikdagi ushbu yo‘lning boshlang‘ich nuqtasi fevral oyida boshlangan bo‘lib, ikki vokzal, «Urgut» erkin iqtisodiy zonasida ikkita yuk stansiyasi va bir qator ko‘priklarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek