
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) WB Int Export tashkilotiga investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyat olib borish uchun rasmiy litsenziya berdi.
Litsenziya maxsus elektron tizim orqali 2022-yil 21-fevralda tasdiqlangan «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom»ga (ro‘yxat raqami 80) muvofiq rasmiylashtirilgan.
Mazkur qaror bilan kompaniya qimmatli qog‘ozlar bozorida professional ishtirokchi sifatida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ldi. Litsenziya berilgani haqidagi ma’lumotlar agentlikning rasmiy veb-saytida qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari reyestriga belgilangan tartibda kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Agat Credit Toshkent birjasida yillik 27 foiz daromadlilik bilan obligatsiyalarini joylashtirgani haqida yozgan edi.