
UEFA Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvlarida «Yuventus» Norvegiyada so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi, «Marsel» esa «Nyukasl» ustidan irodali zafar quchdi. «Borussiya Dortmund» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni yirik hisobda mag‘lub etdi.
Turning eng dramatik uchrashuvlaridan biri Norvegiyada kuzatildi. «Budyo-Glimt» va «Yuventus» o‘rtasidagi bahsda mezbonlar hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa-da, turinliklar o‘yin taqdirini o‘zgartira oldi. Openda va Makkennining gollaridan so‘ng, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Devid hal qiluvchi to‘pni kiritib, jamoasiga 3:2 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Germaniyada «Borussiya Dortmund» Ispaniyaning «Vilyarreal» klubiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Seru Girassining ikkita goli, shuningdek, Karim Adeyemi va Svenssonlarning aniq zarbalari nemislarning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Italiyada «Napoli» Maktominayning goli va raqib futbolchisi Yankovichning avtogoli sababli «Qorabog‘» ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Shuningdek, Fransiyada «Marsel» Obameyangning dubli evaziga «Nyukasl»ni 2:1 hisobida yengdi.

Boshqa uchrashuvlarda ham kutilmagan natijalar qayd etildi. «Benfika» safarda «Ayaks»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Turkiyaning «Galatasaray» klubi o‘z uyida Belgiyaning «Uniyon» jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Serbiyada kechgan «Slaviya» va «Atletik» bahsida hisob ochilmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Husanov harakat qilgan o‘yinda «Bayer» «Manchester Siti»ni mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.