Yangiliklar

FIDE Jahon shaxmat kubogi sohibi Javohir Sindarov uch xonali uy bilan taqdirlandi

Unga 123 600 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti ham topshirildi
FIDE Jahon shaxmat kubogi FIDE Jahon shaxmat kubogi sohibi Javohir Sindarov uch xonali uy bilan taqdirlandi / Foto: Uzbekistan Airports

19 yoshli grossmeyster, FIDE Jahon shaxmat kubogi sohibi Javohir Sindarov O‘zbekistonga yetib keldi. Chempion poytaxt xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Foto: Uzbekistan Airports

Chempionni tantanali kutib olish marosimi Toshkent aeroportining mahalliy aviaqatnovlar terminalida o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov, sport tashkilotlari vakillari, shaxmatchilar, chempionning oilasi va do‘stlari ishtirok etdi.

Foto: Uzbekistan Airports

Marosimda chempionga uch xonali xonadon va 123 600 000 miqdoridagi pul mukofoti topshirildi. Uning murabbiyiga esa 61 800 000 miqdoridagi mukofot puli taqdim etildi.

Foto: Uzbekistan Airports

Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov bir kun oldin Jahon kubogi finalida xitoylik grossmeyster Vey Iyni mag‘lub etib, 2026-yilgi nomzodlar turniriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Sindarov turnir tarixidagi eng yosh chempion sifatida tarixga kirgan. Prezident farmoniga binoan, shaxmat bo‘yicha milliy terma jamoa a’zosi Javohir Sindarov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.