Huawei Nova 15, Nova 15 Pro va Nova 15 Ultra’ning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘ldi

27-noyabr 2025 16:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Huawei

Huawei Nova 15 seriyasi haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Seriyaga Nova 15, Nova 15 Pro va Nova 15 Ultra modellari kiradi. Nova 15 modeli 6,7 dyuymli displey bilan chiqadi. Nova 15 Pro esa 6,84 dyuymli ekranga ega bo‘ladi. Har ikkala model 1,5K LTPO OLED paneldan foydalanadi.

Pro versiyasi o‘rnatilgan ikki kamera bilan taqdim etilishi aytilmoqda. Ularning aniqligi 50 va 8 megapiksel bo‘ladi. Oddiy Nova 15 modeli esa bitta 50 megapiksellik sensorga ega bo‘lishi kutiladi.

Orqa paneldagi kameralar ham jiddiy yangilanadi. Bundan tashqari, Huawei kam yorug‘likda ranglarni aniq uzatish uchun qo‘llaydigan multispektral datchik ham bo‘lishi mumkin.

Pro va oddiy versiyalar yangi Kirin 8-seriyali protsessorlar bilan ishlashi aytilmoqda. Nova 15 Ultra modeli Kirin 9-seriyasidagi chipsetga ega bo‘ladi. Shuningdek, Ultra modelda 1/1,3 dyuymli, 50 megapikselli katta kamera sensori o‘rnatilishi kutilmoqda.

Uchala modelda ham 6000 mA/soatdan katta sig‘imga ega akkumulyator bo‘ladi. Seriyaning rasmiy taqdimoti 2026-yil boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei to‘rtta SIM kartali Mate 80RS Master modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek