Hyundai 143 mingdan ortiq avtomobillarini orqa kamera nosozligi sababli servislarga chaqirmoqda

27-noyabr 2025 09:53 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Hyundai 143 mingdan ortiq avtomobillarini orqa kamera nosozligi sababli servislarga chaqirmoqda
Hyundai 143 mingdan ortiq avtomobillarini orqa kamera nosozligi sababli servislarga chaqirmoqda. Foto: Carcoops

Hyundai kompaniyasining 143 mingdan ortiq Santa Fe avtomobillari oddiygina orqa ko‘rish kamerasidagi nosozlik sabab servisga chaqirilmoqda. Bu haqda Carcoops nashri ma’lum qildi.

AQSh bozoridagi 2024 va 2025-yilgi Santa Fe hamda Santa Fe Hybrid modellarida orqaga harakatlanish vaqtida kamera tasviri birdaniga yo‘qolib qolishi aniqlangan. Natijada haydovchi «R» holatini tanlagan payt, kamera o‘sha lahzaning o‘zida ishlamay qolib, displeyda bo‘sh ekran paydo bo‘ladi. Bu esa orqada turgan to‘siqlarni ko‘rmaslik xavfini oshiradi.

AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi ma’muriyati (NHTSA) ma’lumotlariga ko‘ra, muammo kompaniya tomonidan emas, balki Alabama shtatidagi yetkazib beruvchi tomonidan noto‘g‘ri yig‘ilgan sim to‘plamidan chiqqan.

Shundan so‘ng, kompaniya nuqsonli sim to‘plamlarini yangisiga almashtirishni o‘z bo‘yniga olgan.

Avtomobil egalari yaqin kunlarda pochta orqali rasmiy chaqiruv xatini oladi va ta’mirlash ishlari dilerlik markazlarida bepul amalga oshiriladi. Shunga qadar haydovchilarga retro usulni, ya’ni yo‘lni oynalarga qarab, boshni burib tekshirishni unutmaslik tavsiya etiladi.

Bundan tashqari, Hyundai bundan tashqari yana bir kichikroq qaytarish kampaniyasini boshladi. 258 ta avtomobil yon xavfsizlik yostiqchasi bilan bog‘liq nuqson tufayli chaqirildi. Ular orasida:

  • Santa Cruz;
  • Santa Fe;
  • Tucson;
  • Genesis GV70 bor. Mazkur muammo ham bepul bartaraf etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan foydalanilgan Santa Fe avtomobili egalari nuqsonli dvigatel yuzasidan shikoyat qilayotgani haqida yozgandi.

Hyundai Santa Fe SE 2018 avtomobili egalari ishlab chiqaruvchiga qarshi jamoaviy da’vo kiritdi. Ular mashinaga o‘rnatilgan 3,3 litrli Lambda II GDI V6 dvigateli nuqsonli ekanini aytmoqda. Bu motor ilgari bir nechta Kia modellari bilan bog‘liq muammolar sabab AQSh yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ham o‘rganilgan.

Shuningdek