Ivan Ayvazovskiyning asari 5,5 mln dollarga sotildi

eʼlon qilindi
Asar 1878-yilda chizilgan
Foto: Sotheby’s

Sotheby’s auksionda Ivan Ayvazovskiyning «Tirik qolganlar» asari $5,5 mlnga sotildi. Bu haqda forbes.ru xabar bermoqda.

1878-yilda yaratilgan ushbu asar o‘lchami 195 × 266 sm bo‘lib, rassomning bozorda paydo bo‘lgan eng yirik kartinalaridan biri sanaladi. Surat so‘nggi bor 2004-yilning aprel oyida savdoga qo‘yilgan edi.

2021-yilgacha ushbu asar Faberje muzeyi kolleksiyasidagi besh kartinadan biri sifatida qayd etilgan. Muzey vakillari hozirda fondda Ayvazovskiyning to‘rtta asari borligini tasdiqlagan bo‘lsa-da, beshinchi kartina qachon va qanday qilib to‘plamdan chiqarilganiga aniqlik kiritmagan.

Ayvazovskiy asarlari bo‘yicha avvalgi rekord 2012-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda uning «Konstantinopol va Bosfor ko‘rinishi» asari $4,2 millionga sotilgan edi. «Tirik qolganlar» kartinasining sotuvi rassom ijodidagi eng qimmat tijoriy kelishuv sifatida tarixga kirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Gustav Klimt portreti auksionda 236,4 mln dollarga sotilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek