Nissan Frontier Pro pikapi taqdim etildi — foto

27-noyabr 2025 09:50 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Autohome

Zhengzhou Nissan zavodi yangi Nissan Frontier Pro pikapining oldindan savdosini boshladi. Bu haqda Autohome xabar bermoqda.

Dastlabki narx oralig‘i $25 ming-$34 ming. Ushbu model Nissan uchun muhim yangilik bo‘ldi. Frontier Pro kompaniyaning Xitoyda to‘liq ishlab chiqilgan, loyihalangan va ishlab chiqarilgan birinchi pikapi hisoblanadi. Shunga qaramay, model global bozorlarda ham sotiladi.

Foto: Autohome

Pikapning o‘lchamlari 5520×1960×1950 mm bo‘lib, g‘ildiraklar bazasi 3300 mm. Yukxona hajmi 1520×1600×490 mm. Salon zamonaviy ko‘rinishga ega. Raqamli panel, katta markaziy ekran, fizik tugmalar, Focal brendining 12 dinamikli audio tizimi va yumshoq materiallar ishlatilgan.

Model uch xil kuch tizimi bilan taklif etiladi. Benzinli versiya 2,0 litrli turbo dvigatelga ega va 258 ot kuchi ishlab chiqaradi. Dizel versiya esa 2,3 litrli turbo dvigatel bilan 190 ot kuchiga ega. Ikkalasiga ham 8 pog‘onali avtomat uzatma o‘rnatiladi.

Foto: Autohome

Eng kuchli variant — gibrid versiya bo‘lib, u 1,5 litrli turbo dvigatel va oldingi elektr motor bilan ishlaydi. Umumiy quvvati 435 ot kuchi, maksimal momenti 800 Nm. 4 pog‘onali DHT transmissiya bilan ishlaydi. Elektrda yurish masofasi CLTC bo‘yicha 135 km ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Nissan yangi avlod Navara pikapini namoyish etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek