Noqonuniy valyuta savdosi jinoyat ishi bilan yakunlandi

Bir qator hududlarda valyuta ayirboshlash bilan noqonuniy shug‘ullangan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular xorijiy valyutani ruxsatsiz ravishda sotish va xarid qilish bilan shug‘ullanib kelgan. Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi bir fuqaroni boshqa fuqaroga $5 mingni 60 mln so‘mga sotayotgan vaqtida dalillar bilan ushladi.
Shu kabi holat Samarqand viloyatida ham qayd etildi. Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari fuqaroni boshqa fuqaroga $4 mingni 48,1 mln so‘mga sotayotgan paytida ushladi.
Yana bir holat Surxondaryo viloyatida aniqlandi. Departament, DXX va IIB xodimlari hamkorligida Tеrmiz shahrida fuqaro va boshqalar fuqarodan 300 ming Rossiya rublini $3,7 ming va 400 ming so‘mga sotib olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur uch holat bo‘yicha JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) asosida jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sirga ega dori vositalari savdosiga chek qo‘yilgan edi.