
OnePlus Ace 6 Turbo smartfoni 9000 mA/soat quvvatga ega bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Snapdragon 8s Gen 4 platformasiga quriladi. Ekran OLED bo‘lib, 1,5K sifatda ishlaydi. Kadr yangilanishi esa 144 yoki 165 Hz bo‘lishi mumkin.
Gizmochina bu model Xitoy bozorida OnePlus Ace 6 Turbo nomi bilan chiqishini qayd etgan edi. Global bozor uchun esa model OnePlus Nord 6 nomini olishi kutiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus Ace 6T ilk marta renderlarda ko‘rsatilgani haqida yozgan edi.