
Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Enterprise Uzbekistan nomli yangi raqamli texnologiyalar markazini tuzish bo‘yicha farmon imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Markaz alohida hudud sifatida faoliyat yuritadi va unda ingliz huquqiy tartibi qo‘llanadi. Markazning asosiy yo‘nalishlari sun’iy intellekt loyihalarini yaratish, videoo‘yinlar sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqish, biznes jarayonlarini autsorsing qilish va IT-konsalting xizmatlarini rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Yangi tashkilot mamlakatda raqamli yechimlar va innovatsiyalarni tezlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, markaz IT sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan sun’iy intellektni rivojlantirish uchun $100 mln ajratilishi haqida yozgan edi.