
Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumanidagi chegara hududida Afg‘oniston tomonidan qurolli hujum sodir etildi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hujumchilar o‘qotar qurollar hamda granata bilan jihozlangan uchuvchisiz uchish apparatlari orqali zarba bergan. Tojikiston tomoni ushbu voqeani keskin qoralab, qo‘shni davlat hududidagi jinoiy guruhlar mintaqadagi barqarorlikni buzishga urinayotganini ma’lum qildi.

Rasmiy Dushanbe Afg‘onistonning amaldagi hukumatini ikki davlat chegarasida xavfsizlikni ta’minlash va bunday holatlarning oldini olish uchun samarali choralar ko‘rishga chaqirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgani haqida xabar bergan edi.