Gadjetlar

Xiaomi 17 Ultra smartfonining rasmlari e’lon qilindi

Model 2026-yilning birinchi choragida taqdim etiladi
Xiaomi 17 Ultra smartfonining rasmlari e’lon qilindi
Foto: Notebookcheck

Xiaomi kompaniyasi tomonidan yaqinda taqdim etiladigan Xiaomi 17 Ultra smartfonining rasmlari e’lon qilindi. Bu haqda Kacper Skrzypek X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Model 2026-yilning birinchi choragida taqdim etiladi.

Suratlarda smartfon qora va qum rangda namoyon bo‘lgan. Qurilma Photography Kit qo‘shimcha aksessuari bilan ko‘rsatilgan. Bu aksessuar qo‘lga qulay tutqich, boshqaruv tugmalari va qo‘shimcha akkumulyatorni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun Xiaomi 17 Ultra tashqi ko‘rinishi bo‘yicha raqamli kameraga yanada yaqinlashgan.

Foto: X / Kacper Skrzypek

Asosiy kamera moduli katta doira shaklida bo‘lib, unda to‘rtta kamera joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi Poco F8 va F8 Ultra kuchli batareya bilan taqdim etilgani haqida yozgan edi.