Xorazmda tibbiyot birlashmalari fuqarolardan 230 mln so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ undirgan

eʼlon qilindi
Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlarini ma’lum qildi
Qo‘ng‘irotda ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Xorazmda tibbiyot birlashmalari fuqarolardan 230 mln so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ undirgan / Foto: Hoover

Xorazmda tibbiyot birlashmalari pullik xizmatlar ko‘rsatishda fuqarolardan 230 mln so‘mdan ortiq asossiz mablag‘ undirgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi o‘z o‘rganishlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2023–2024-yillar hamda 2025-yil 1-iyulgacha bo‘lgan davr bo‘yicha Yangibozor va Gurlan tuman tibbiyot birlashmalarida iste’molchilar huquqlari buzilgani qayd etildi.

Tekshiruvlarda Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi 39 mingga yaqin iste’molchiga qariyb 2 mlrd so‘mlik, Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi esa 120 mingga yaqin bemorga 3 mlrd so‘mga yaqin pullik xizmat ko‘rsatgan. Shu jarayonda xizmat narxiga qo‘shimcha soliq qo‘shish hamda bemorlar foydalanmagan dori vositalari narxini ham umumiy hisobga qo‘shib yuborish holatlari aniqlangan.

Umumiy hisobda 160 mingga yaqin iste’molchidan 230 million so‘mdan ortiq mablag‘ asossiz undirilgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu qonunbuzilishlar bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atildi va tibbiyot birlashmalariga undirilgan ortiqcha mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Avvalroq tibbiyot muassasalarida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilangani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, agar fuqaro tibbiy muassasaga yo‘llanmasiz o‘z xohishiga ko‘ra murojaat qilsa, unga tibbiy yordam pullik asosda ko‘rsatiladi. Davlat tomonidan kafolatlangan bepul xizmatlar toifasiga kirmaydigan barcha tibbiy xizmatlar qo‘shimcha hisoblanadi va ular uchun to‘lov undiriladi. 

Shuningdek