Sport

YChL. «Liverpul» o‘z uyida tor-mor etildi, «Atletiko»dan irodali g‘alaba

Arne Slot / Foto: UEFA

UEFA chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-tur o‘yinlari kutilmagan natijalar va so‘nggi daqiqalardagi dramatik gollarga boy bo‘ldi.

«Liverpul» – «PSV» 1:4

Tur sensatsiyasi Angliyada qayd etildi. Arne Slot boshchiligidagi «Liverpul» o‘z maydonida Niderlandiyaning «PSV» klubini qabul qilib, kutilmaganda yirik 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning 6-daqiqasida Ivan Perishich mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa-da, Dominik Soboslai oradan 10 daqiqa o‘tib muvozanatni tikladi. Biroq ikkinchi bo‘lim to‘liq Eyndxoven klubi nazoratida o‘tdi. Gus Tilning goli va zaxiradan maydonga tushgan Driushning dubli «PSV»ga «Enfild»da yirik g‘alabani taqdim etdi.

Ливерпуль — ПСВ. Обзор матча Лиги чемпионов. 26.11.2025

«Atletiko Madrid» – «Inter» 2:1

Turning markaziy to‘qnashuvi Madriddagi «Vanda Metropolitano» o‘yingohida kechdi. Diyego Simeone shogirdlari Milanning «Inter» klubi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Xulian Alvares 9-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Pyotr Zelinski muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqada himoyachi Xose Ximenes «matraschilar»ga o‘ta muhim 3 ochkoni keltirgan g‘alaba golini kiritdi.

Атлетико — Интер. Обзор матча Лиги чемпионов. 26.11.2025

«Ayntraxt Frankfurt» – «Atalanta» 0:3

Germaniyadagi bahsda «Atalanta» «Ayntraxt Frankfurt» mehmoni bo‘lib, raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi (0:3). O‘yin taqdiri ikkinchi bo‘limda hal bo‘ldi. 60-daqiqadan boshlab Ademola Lukman, Ederson va Sharl de Ketelare tomonidan ketma-ket kiritilgan gollar Frankfurt jamoasini ruhan sindirdi.

Айнтрахт Франкфурт — Аталанта. Обзор матча Лиги чемпионов. 26.11.2025

«Sporting» – «Bryugge» 3:0

Lissabonning «Sporting» klubi o‘z maydonida Belgiyaning «Bryugge» jamoasi ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Birinchi bo‘limda Jovani Kenda va Luis Suaresning gollari mezbonlarga ustunlikni taqdim etdi. O‘yin yakuniga yaqin Fransishku Trinkan hisobni yirik ko‘rinishga keltirib, portugaliyaliklarning navbatdagi g‘alabasiga nuqta qo‘ydi.

Спортинг — Брюгге. Обзор матча Лиги чемпионов. 26.11.2025

«Kopengagen» – «Kayrat» 3:2

Daniyada kechgan «Kopengagen» va Qozog‘istonning «Kayrat» jamoalari o‘rtasidagi bahs qiziqarli o‘tdi. Mezbonlar Dadason, Larsson va Robertning gollari evaziga 3:0 hisobida oldinga chiqib olishgan edi. Biroq «Kayrat» o‘yin oxirida xarakter ko‘rsatib, Dastan Satpayev va Baybekning gollari bilan hisobni qisqartirishga erishdi. Yakuniy hisob 3:2.

Копенгаген — Кайрат. Обзор матча Лиги чемпионов. 26.11.2025

«Pafos» – «Monako» 2:2

Turning yana bir qiziqarli uchrashuvi Kiprda bo‘lib o‘tdi. «Pafos» va «Monako» jamoalari murosasiz bahsda 2:2 hisobidagi durangga imzo chekishdi. «Monako» Minamino va Balogunlarning gollari evaziga ikki bor hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa-da, g‘alabani saqlab qola olmadi. Mezbonlar safida David Luis hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, o‘yin oxirida Muhammad Salisu o‘z darvozasini ishg‘ol etib, 2:2 hisobini taminladi.

Пафос — Монако. Обзор матча Лиги чемпионов. 26.11.2025

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Arsenal» «Bavariya» ustidan ishonchli g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.