
Parijda o‘tgan UEFA Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvida «PSJ» «Tottenhem» ustidan 5:3 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvning 35-daqiqada Risharlison mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunida, 45-daqiqada Vitinya muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘lim boshida Randal Kolo-Muani «Tottenhem»ni yana hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa-da, parijliklar bunga tezkor javob qaytarishdi.
Oradan ko‘p o‘tmay Vitinya, Fabian Ruiz va Vilyam Pachoning ketma-ket gollari evaziga mezbonlar 4:2 hisobida ustunlikni qo‘lga kiritishdi. O‘yin yakuniga qadar Kolo-Muani dubl qayd etib farqni qisqartirgan bo‘lsa-da, 76-daqiqada belgilangan penaltini aniq amalga oshirgan Vitinya yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Real Madrid» Gretsiyada «Olimpiyakos»dan ustun kelgani haqida xabar bergan edi.
