Sport

YChL. «Real Madrid» Gretsiyada «Olimpiyakos»dan ustun keldi

Kilian Mbappe / Foto: UEFA

UEFA Chempionlar Ligasining 5-turi doirasida Gretsiyaning «Olimpiyakos» klubi «Real Madrid»ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yin kutilmagan ssenariy asosida boshlandi: 8-daqiqada «Olimpiyakos» hujumchisi Chikiniyo hisobni ochib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq, birinchi taymning o‘rtalarida tashabbus to‘liq «Qirollik klubi» tomoniga o‘tdi.

Олимпиакос — Реал Мадрид. Обзор матча Лиги чемпионов. 26.11.2025

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 22-daqiqada hisobni tenglashtirdi, oradan ikki daqiqa o‘tib jamoasini oldinga olib chiqdi va 29-daqiqada uchinchi golni urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Bu ko‘rsatkich madridliklar tarixidagi eng tez urilgan xet-trik sifatida qayd etildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/11/qtbmyglra31c9udq.mp4

Ikkinchi taymning 52-daqiqasida Torimiy hisobni qisqartirdi. Mbappe esa 60-daqiqada o‘yindagi to‘rtinchi golini kiritib pokerni rasmiylashtirdi. 81- daqiqada Al-Kabiy hisobni qisqartirdi. Yakuniy hisob 3:4. «Qirollik klubi» 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhdagi holatini ancha yaxshilab oldi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/11/poker.mp4

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YChL 5-turida «Bayer» «Manchester Siti»ni mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.