Aholisi eng ko‘p shaharlar reytingida Jakarta birinchi o‘ringa chiqdi

eʼlon qilindi
42 mln aholi
Foto: Getty Images

BMTning yangi tadqiqotiga ko‘ra, Jakarta dunyoning eng ko‘p aholisiga ega shahri deb e’lon qilindi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, Indoneziya poytaxtida 42 million kishi istiqomat qiladi, bu boshqa barcha megapolislardan yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Reytingdagi kuchli uchlik

  • 1-o‘rin – Jakarta: 42 mln aholi;
  • 2-o‘rin – Dakka (Bangladesh): 37 mln aholi;
  • 3-o‘rin – Tokio (Yaponiya): 33 mln aholi.

Tokio aholisi uchta qo‘shni prefektura bilan birgalikda aglomeratsiya tarzida qayta hisoblangan. Yangi metodika sabab 2018-yilgi BMT hisoboti bilan farqlar yuzaga keldi: o‘sha paytda Tokio 37 mln aholi bilan birinchi o‘rinda edi.

BMTning yozishicha, shahar, shahar atrofi va qishloq hududlarni aniqroq tasniflash imkonini beradigan yangilangan baholash tizimi qo‘llanilgan.

«Yangi metodika demografik va geografik mezonlarga asoslangan shahar hududlari chegaralarini xalqaro miqyosda solishtirishni osonlashtiradi», — deb ta’kidladi Aholini baholash va prognozlash bo‘limi boshlig‘i Patrik Gerland.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1950-yildan buyon shahar aholisi ikki baravardan ko‘proqqa oshgan. O‘sha yili shaharlar yer yuzidagi 2,5 mlrd aholining atigi 20 foizini tashkil etgan bo‘lsa, bugun 8,2 mlrd aholining deyarli yarmi shaharlarda yashaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Indoneziyadagi maktab masjidida portlash yuz bergani haqida yozgandi.

Shuningdek