Albaniya va Burundining yangi elchilari O‘zbekistonda faoliyatini boshladi

Albaniya elchisi Gentz Petsani hamda Burundi elchisi Jozef Nkurunziza O‘zbekistonda o‘z diplomatik faoliyatlarini boshladi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib olganini ma’lum qildi.




Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning mazkur davlatlar bilan savdo, investitsiyalar, turizm, ta’lim va madaniy almashinuv yo‘nalishlaridagi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, siyosiy muloqotni mustahkamlash, sheriklikni rivojlantirish hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha umumiy intilishlar bildirildi. Saidov elchilarga mamlakatdagi diplomatik faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Avvalroq Tashqi ishlar vaziri Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisini qabul qilgani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Saidov Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohamed janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.