
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy yaqinida Milliy gvardiya a’zosi o‘ldirilgan voqeadan so‘ng barcha «uchinchi dunyo davlatlari»dan keluvchi migratsiyani to‘liq to‘xtatishini aytdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, rejaga sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyati tasdiqlagan holatlar ham kiritiladi. U barcha noqonuniy migrantlar va AQShga naf keltirmaydigan ishsizlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, fuqaroligi bo‘lmaganlar uchun federal imtiyozlar va subsidiyalar ajratish to‘xtatiladi. Ichki tartibni buzadigan migrantlar fuqarolikdan mahrum qilinadi. Jamoatga xavf tug‘diradigan shaxslar esa deportatsiya qiladi.
Voqea natijasida 20 yoshli Milliy gvardiya xodimi Sara Beksstrom otishmada halok bo‘lgan. 24 yoshli hamkasbi Endryu Volf esa ayni damda hayot uchun kurashmoqda. Voqeada 2021-yilda Bayden tashkil etgan dastur orqali AQShga kirib, bu yil qochqin maqomini olgan 29 yoshli Rahmanulloh Lakanval gumonlanmoqda.
Homeland Security departamenti Bayden ma’muriyati tasdiqlagan qochqinlar holatlari va «Green Card» sohiblari tekshiruviga buyurgan. USCIS esa afg‘on fuqarolari bilan bog‘liq barcha immigratsiya so‘rovlarini butunlay to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp 2026-yilgi Jahon chempionati uchun chiptaga ega sayyohlar elchixona va konsulliklarda viza suhbatiga ustuvor tartibda chaqirilishini e’lon qilgan edi.