Bangladeshning sobiq bosh vaziri Sheyx Hasina qamoq jazosiga hukm qilindi

eʼlon qilindi
21 yilga
Foto: Monirul Alam/EPA

17-noyabr kuni Bangladeshning sobiq bosh vaziri Sheyx Hasina o‘tgan yili talabalar namoyishlarini zo‘ravonlik bilan bostirishda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilingandi.

Al Jazeera nashrining xabar berishicha, sobiq bosh vazir davlat loyihasiga tegishli yerlarni noqonuniy olishda aybdor deb topilgan va jami 21 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sud 27-noyabr kuni chiqargan hukmda Hasina poytaxt Dakka yaqinidagi Purbachal New Town loyihasida o‘zi va oila a’zolari uchun yer uchastkalarini noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Yer masalasi bo‘yicha uchta ishning har biri bo‘yicha Hasinaga 7 yildan belgilandi va sudya hukmlarni ketma-ket ijro etishga qaror qildi.

Sudya Abdulla Al Mamun hukmda Hasinaning xatti-harakatlarini keskin tanqid qilib:

«U davlat yerini shaxsiy mulkdek ko‘rib, mansab vakolatlaridan oila manfaatlari yo‘lida foydalangan», — dedi.

Hasinaning o‘g‘li Sajeeb Wazed va qizi Saima Wazed uch ishning biri bo‘yicha 5 yildan qamoq jazosiga hukm qilindi.

Dastlabki sud hukmi va ayblovlar

Oldingi sudda aytilishicha, Hasina namoyishchilarni o‘ldirishga buyruq berish, zo‘ravonlikni qo‘zg‘atish va huquq-tartibot organlari tomonidan amalga oshirilgan yuzlab noqonuniy qotilliklarni to‘xtatmaslik orqali insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan. Hukm o‘qilganda sud zalida yig‘ilganlar olqish bilan qarshi olgan.

Sudyalar uning partiya faollariga namoyishchilarni yo‘q qilish haqida ochiq buyruqlar bergani yaqqol isbotlanganini qayd etdi.

Talabalar tomonidan ish o‘rinlari kvotalari bo‘yicha boshlangan tinch noroziliklar 2024-yilda yirik siyosiy qo‘zg‘olonga aylangan edi. BMT ma’lumotiga ko‘ra, hukumatning kuch bilan bostirish operatsiyasi chog‘ida 1,4 ming nafargacha odam halok bo‘lgan, 25 ming kishi jarohat olgan bo‘lishi mumkin.

Hasinaga qarshi besh moddada ayblov qo‘yilgan:
– namoyishchilarni o‘ldirishga da’vat;
– namoyishchilarga nisbatan qatl buyruqlari;
– dronlar, vertolyotlar va o‘qotar qurollardan foydalanishga ruxsat berish.

U barcha ayblovlarni rad etgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiya sudi Nikolya Sarkoziga nisbatan ikkinchi hukmni tasdiqlagani haqida yozgandi.

Shuningdek