Gadjetlar

Honor GT2 smartfoni 10 000 mA/soatli batareya bilan chiqadi

3C bazasi ma’lumotlariga ko‘ra, har ikkala model 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi
Foto: Honor

Honor GT2 smartfoni 10 000 mA/soatli batareya bilan chiqadi. Bu haqda kompaniyaning o‘z ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Xitoyda AAK-AN00 va AAP-AN00 raqamli modellari bilan ro‘yxatdan o‘tgan ikki yangi Honor qurilmasi Honor GT2 liniyasiga mansub bo‘lishi tasdiqlandi. 3C bazasi ma’lumotlariga ko‘ra, har ikkala model 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Honor hozirda Snapdragon 7, Snapdragon 8 va MediaTek Dimensity 8000 seriyasiga asoslangan 3–4 ta 10 000 mA/soatlik smartfon ustida ishlamoqda. Ularning asosiy ustunligi — rekord darajadagi uzoq ishlash muddati bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Honor Magic 8 Pro jahon bozorida namoyish qilingani haqida yozgan edi.