Gadjetlar

Honor Magic 8 Pro jahon bozorida namoyish qilindi — narx

Birinchi xaridorlarga Insta360 Ace Pro kamera sovg‘a qilinadi
Honor Magic 8 Pro jahon bozorlarida namoyish etildi / Foto: Notebookcheck

Honor Magic 8 Pro smartfoni endi Xitoydan tashqarida sotuvga chiqdi va Malayziyada namoyish etildi. Bu haqda GSM Arena ma’lum qildi.

Foto: Hi-Tech Mail

Qurilmaning 12/512 GB modeli $1110, 16 GB/1 TB modeli esa $1260 narxda taklif etiladi. Oldindan buyurtmalar 4-dekabrgacha qabul qilinadi. Birinchi xaridorlarga Insta360 Ace Pro kamera, bir yil qo‘shimcha kafolat va boshqa bonuslar taqdim etiladi.

Foto: Honor

Honor Magic 8 Pro 6,71 dyuymli OLED ekran bilan jihozlangan bo‘lib, u 120 Hz yangilanish chastotasi va 4320 Hz PWM chastotasi bilan ishlaydi. Qurilmada Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi o‘rnatilgan. Asosiy kamera 200, 50 va 50 MP, old kamera esa 50 MP sensorlarga ega.

Foto: Hi-Tech Mail
Foto: Android Central

Smartfon 7100 mAh quvvatga ega batareya bilan ta’minlangan bo‘lib, u 100 vatt quvvatli simli va 80 vatt quvvatli simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Operatsion tizim sifatida Android 16 va MagicOS 10 interfeysi ishlatiladi. Qurilmaning korpusi IP69K darajasida himoyalangan.

Foto: Huawei Central

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor 500 Pro modelining xususiyatlari va narxi haqida yozgan edik.