Yangiliklar

Janubi-sharqiy Osiyodagi suv toshqini qurbonlari soni 321 kishiga yetdi

Eng ko‘p qurbonlar Indoneziyadan – 174 nafar
Janubi-sharqiy Osiyodagi suv toshqini qurbonlari soni 321 kishiga yetdi / Foto: Reuters

Janubi-sharqiy Osiyoda kuchli yomg‘ir va siklonlar oqibatida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 321 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Mintaqa mamlakatlari suv bosgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari, elektr va aloqa tizimlarini tiklash bilan shug‘ullanmoqda.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

Xususan, Indoneziyaning Sumatra orolida 174 kishi halok bo‘ldi, 79 kishi bedarak yo‘qolgan. Padang Pariaman hududida suv balandligi 1 metrdan oshgan. Shri-Lanka orolida 46 kishi siklon oqibatida halok bo‘ldi.

Foto: Reuters
Foto: Reuters

Tailandning janubiy sakkiz viloyatida sel oqimlari 145 kishi hayotiga zomin bo‘ldi, 3,5 mlndan ortiq aholi ofatdan aziyat chekkan. Malayziyada esa Senyar tropik bo‘roni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, 1,5 mingga yaqin Malayziya fuqarolari Tailanddan xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq halokatli toshqinlar Tailanddagi 300 yillik rekord yangilagani haqida xabar bergan edik.