Mitsubishi Triton Savana avtomobili qanday xususiyatlarga ega

28-noyabr 2025 09:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Mitsubishi

Mitsubishi Braziliyada Mitsubishi Triton Savana avtomobilini namoyish qildi. Bu haqda Carcoops xabar bermoqda.

Model Katana komplektatsiyasi asosida tayyorlangan va qo‘shimcha offroad aksessuarlari bilan kuchaytirildi. Mashina faqat ikkita maxsus rangda – sariq va yashil ko‘rinishda taklif etiladi.

Foto: Mitsubishi

Tashqi himoya elementlari faqat dizayn uchun emas. Ular avtomobilning pastki va yon qismlarini toshlar va mayda zararlardan asraydi. Standart jihozlar orasida tom bagaj tizimi va shnorxel bor. Shnorxel tufayli avtomobil 500 mm emas, 800 mm chuqurlikkacha bo‘lgan suv to‘siqlaridan o‘tishi mumkin.

Triton Savana 18 dyuymli qora disklar va offroad shinalar bilan jihozlangan. Osma qismi Katana modelidan farq qilmaydi. Kapot ostida esa 2,4 litrli, 202 ot kuchiga ega biturbo dizel motor joylashgan. U 470 Nm moment beradi va 8 pog‘onali avtomat uzatma bilan birga ishlaydi. Super Select II to‘liq uzatma tizimi yetti xil harakat rejimini taklif etadi.

Foto: Mitsubishi

Salon ham yuqori darajada ishlangan. Qizil tikuvli charm o‘rindiqlar, 9 dyuymli mediaekran, 7 dyuymli raqamli panel, simsiz quvvatlash, ikki zonali konditsioner, yetti xavfsizlik yostiqchasi va 360 darajali kamera tizimi mavjud.

Braziliya bozori uchun atigi 80 dona Triton Savana chiqariladi. Boshlang‘ich narx $65 mingni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Cobalt tez eskirmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida yozgan edi.

Shuningdek