Oʻzbekistonda toʻlovlar uchun yagona QR-kod tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Toʻlovlar uchun yagona QR-kod tizimi bozorga toʻliq tatbiq etilishi 2026-yil fevral oyiga moʻljallangan
QR
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda 2026-yilgacha moʻljallangan fintech dasturi doirasida toʻlovlarni QR-kod orqali qabul qilish uchun yagona standartlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Markaziy bankka kredit va toʻlov tashkilotlari bilan birgalikda universal QR-kod boʻyicha sinov loyihasini joriy yilning dekabr oyidayoq ishga tushirish topshirilgan. 2026-yil yanvarida esa texnologiyaga oid meʼyoriy-huquqiy baza ishlab chiqiladi.

Toʻlovlar uchun yagona QR-kod tizimi bozorga toʻliq tatbiq etilishi 2026-yil fevral oyiga moʻljallangan. Mazkur standart tranzaksiyalar jarayonini birxillashtiradi, biznes uchun POS-terminallarga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi va xaridorlarga avtomatik soliq keshbekini olish imkonini yaratadi.

Shuningdek, avgust oyidagi hukumat qaroriga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar naqd pulsiz toʻlovlarni qabul qilish uchun QR-kodga ega boʻlishi shart.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank huzurida 50 mln dollarlik venchur fondi va «Ochiq banking» tizimi joriy etilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek