
Qatarda bo‘lib o‘tgan U-17 Jahon chempionatining final uchrashuvida Portugaliya terma jamoasi avstriyalik tengqurlarini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 32-daqiqada Benfika hujumchisi Anisio Kabral tomonidan urildi. Bu uning turnirdagi yettinchi goli hisoblanadi. Avstriya ikkinchi bo‘limda hisobni tenglashtirishga harakat qildi, lekin portugaliyaliklarning qat’iy himoyasi bunga yo‘l qo‘ymadi. Portugaliya butun musobaqa davomida mag‘lubiyatsiz o‘ynadi. Ular yarim finalda Braziliyani penaltilar seriyasida yengib finalga chiqqan edi.

G‘alabadan so‘ng Krishtianu Ronaldu yoshlar jamoasini tabriklashda birinchilar qatorida bo‘ldi.
«Ulug‘vorlar! Tabriklayman, jahon chempionlari», — deb yozgan u.

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Italiya yoshlari Braziliyani penaltilar seriyasida (4:2) yengib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 1/8 bosqichida Italiyagayaga mag‘lub bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» nashri O‘zbekiston U-17 a’zosi Asilbek Aliyev FIFA tomonidan e’tirof etilgani haqida yozgan edi.