“Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan bloger hibsga olindi
eʼlon qilindi
26-noyabr kuni

26-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan maxsus reyd chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda «Real Sanjik» nomi bilan faoliyat yuritib kelgan S.K. qo‘lga olingan. Bu haqida «Ezgulik» jamoatchilik tashkiloti rahbari Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bloger tovlamachilik va o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash kabi jinoyatlarda gumonlanmoqda. Hozircha rasmiy idoralar tomonidan voqea yuzasidan izoh berilmagan.
Jamoatchilik vakillari huquqni muhofaza qilish organlarini mazkur ish bo‘yicha protsessual talablar asosida harakat qilishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sanjar Karimov bermoqchi bo‘layotgan uy haqida munosabat bildirgani haqida yozgan edi.