Realme 16 Pro+ smartfoni qanday xususiyatlarga ega

28-noyabr 2025 18:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Stuff India

Realme yaqin kunlarda o‘zining yangi Realme 16 Pro+ 5G smartfonini taqdim etadi. Gizmochian ma’lumotiga ko‘ra, model RMX5131 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tgan.

Xotira variantlari 8 GB dan 12 GB gacha, doimiy xotira esa 128 GB dan 512 GB gacha bo‘ladi.

TENAA bazasida paydo bo‘lgan Realme 16 Pro ma’lumotlaridan kelib chiqilsa, Realme 16 Pro+ 5G ko‘plab texnik xususiyatlarini ushbu modeldan oladi. Farqi shundaki, yuqori versiya to‘liq 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Realme

Smartfon 6,78 dyuymli 1,5K OLED displeyga ega bo‘lishi, 144 Hz yangilanish tezligida ishlashi kutilmoqda. Asosiy kamera 200 megapiksel modulga ega bo‘ladi, yordamchi kamera 8 megapiksel, old kamera esa 50 megapiksel bo‘lishi aytilmoqda.

Realme 16 Pro+ 5G kuchli akkumulyatori bilan ham ajralib turadi. Qurilmaga 7000 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatiladi, u 80 vattli tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, ekran ostiga joylashtirilgan ultratovushli barmoq izi skaneri va IR-blaster ham bo‘lishi tasdiqlangan. Ushbu funksiyalar smartfonni o‘z segmentida kuchli raqobatchiga aylantiradi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangilangan Realme C85 qachon namoyish qilinishi ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek