Samsung S27 Ultra, S28 Ultra va S29 Ultra kamerasida katta o‘zgarish bo‘lmaydi

eʼlon qilindi
Kompaniya yangi 200 MP datchiklardan hali beri foydalanmoqchi emas
Samsung S27 Ultra, S28 Ultra va S29 Ultra kamerasida katta o‘zgarish bo‘lmaydi / Foto: Samsung

Samsung kelgusi flagman smartfonlarida kutilganidek yangi avlod 200 MP tasvir datchiklarini qo‘llamaydi. Bu haqda insayder Ice Universe ma’lum qildi.

Uning yozishicha, Sony va OmniVision tomonidan taqdim etilgan yirik optik formatli yangi sensorlar Xitoy flagmanlarida kech ishlatiladi, biroq Samsung ularni yaqin yillarda o‘z qurilmalarida foydalanmaydi.

Ma’lumotga ko‘ra, dastlab Galaxy S27 Ultra modeli 1/1,1 dyuymli 200 MP sensor bilan ishlab chiqilishi rejalashtirilgan edi. Biroq kompaniya rahbariyati yuqori xarajatlar sabab loyihani bekor qilgan. Samsung shuning uchun hozirgi avlodlarda qo‘llab kelayotgan 1/1,3 dyuymli, 200 MP datchikdan foydalanishda davom etadi.

Ice Universe Samsung uch avloddan beri bir xil asosiy sensorni qo‘llayotganini ta’kidlab, S27U, S28U yoki S29U modellari ham kamera bo‘yicha katta o‘zgarish ko‘rsatmasligi mumkinligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S26 seriyasi og‘irligi va xususiyatlari haqida yozgan edik.

Shuningdek